«din ishlari bo‘yicha qo‘mita» tegli maqolalar


O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi
28 may 2023, 10:09

O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanadi

Diniy qo‘mita O‘zbekistonda Haj mavsumi 4-iyundan boshlanishini ma’lum qildi. 19-iyunga qadar respublikaning 10 ta hududiy aepoportidan Saudiya Arabistoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar amalga oshiriladi.

Andijonda Diniy qo‘mita mutaxassisi Umra uchun fuqarolardan olgan 1,6 mlrd so‘mni onlayn qimorga tikib yubordi
23 may 2023, 10:23

Andijonda Diniy qo‘mita mutaxassisi Umra uchun fuqarolardan olgan 1,6 mlrd so‘mni onlayn qimorga tikib yubordi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xo‘jaobod tumani mutaxassisi fuqarolardan Umra ziyorati uchun olgan 1 mlrd 650 mln so‘mni onlayn qimor o‘yinlariga tikib yuborgani ma’lum bo‘ldi. Sud davomida jabrlanuvchilar arizalarini qaytarib olgani sababli moddiy zarar to‘lanmagan. Sobiq xodim esa besh yilga qamalgan.

Diniy qo‘mita O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalar ro‘yxatini e’lon qildi
19 may 2023, 11:05

Diniy qo‘mita O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalar ro‘yxatini e’lon qildi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar, saytlar, kitoblar va nashidalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Turfirma yoki agentliklar tashkil etayotgan haj tadbirlari noqonuniy — Diniy qo‘mita
1 may 2023, 16:28

Turfirma yoki agentliklar tashkil etayotgan haj tadbirlari noqonuniy — Diniy qo‘mita

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tarmoqlarda hajga jo‘natishga oid asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan turfirmalardan ogohlantirdi. Bu vazifa qo‘mita va Musulmonlar idorasi zimmasiga yuklangani eslatildi. Noqonuniy safarlar uchun Saudiya Arabistonidan deport qilish va 10 yilga kirishni taqiqlash jazosi ko‘zda tutilgan.

Birgalikda ibodat qilish uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi — Din ishlari qo‘mitasi
26 fevral 2022, 10:23

Birgalikda ibodat qilish uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi — Din ishlari qo‘mitasi

Din ishlari qo‘mitasi toshkentlik tadbirkor ishchi va mijozlar uchun namozxona tashkil etgani uchun jarimaga tortilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, fuqarolar birgalikda ibodat qilishlari uchun diniy tashkilot tashkil etish talab qilinadi.

Diniy masalada munosabat bildirganda xolis bo‘lishni so‘raymiz — Din ishlari qo‘mitasi
16 fevral 2022, 15:39

Diniy masalada munosabat bildirganda xolis bo‘lishni so‘raymiz — Din ishlari qo‘mitasi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ayrim diniy soha vakillari O‘zbekistonning din sohasidagi davlat siyosatini noto‘g‘ri tushunishi va baholashini, yangiliklarni o‘z manfaatlariga moslab talqin qilishini ta’kidladi. Oldinroq Toshkent shahar imom-xatibi Rahmatulloh Sayfutdinov adliya vaziri Ruslanbek Davletovning «do‘zaxga kirish-kirmaslik tanlovini odamlarning o‘ziga qo‘yib beringlar» degan so‘zlariga qarshi chiqqan edi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
2 fevral 2022, 13:27

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Davronbek Maxsudov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U mazkur lavozimda prezidentga maslahatchi bo‘lib ketgan Muzaffar Komilovning o‘rnini egalladi.

O‘zbekistonliklarga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda
1 dekabr 2021, 11:13

O‘zbekistonliklarga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda

Shu kunlarda O‘zbekiston fuqarolariga «Umra» safarini ado etishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Ushbu masalani hal etish uchun muftiy Nuriddin Xoliqnazarov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.

13 avgustdan juma namozini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi
10 avgust 2021, 22:24

13 avgustdan juma namozini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi masjidlarning ishchi va xodimlari emlangan taqdirda juma namozini ado etishga ruxsat berdi. Qolaversa, tashrif buyuruvchilardan vaksina olganlik to‘g‘risida QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo‘lganlar kiritilishi belgilanmoqda.

Toshkentdagi masjidda janjal ko‘targan fuqaro 15 sutkaga qamaldi
16 iyul 2021, 11:20

Toshkentdagi masjidda janjal ko‘targan fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Toshkentdagi masjidlardan birida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Shuningdek, uning Facebook`dagi sahifasida diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar borligi gumon qilinib, unga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonliklar «Al-Azhar» universitetida faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tavsiyasi asosida o‘qiy oladi
24 iyun 2021, 13:39

O‘zbekistonliklar «Al-Azhar» universitetida faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tavsiyasi asosida o‘qiy oladi

2021 yildan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Misrda joylashgan «Al-Azhar» universitetining barcha muassasalariga faqatgina Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Ta’lim olish yuzasidan murojaatlar 25 iyundan — 15 iyulgacha Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzurida tashkil etilgan Maslahat kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari vazifazidan ozod etildi
8 aprel 2021, 13:47

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari vazifazidan ozod etildi

Abdugofur Ahmedov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimidan ozod etildi.

Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din qo‘mitasidan tahdid bo‘lganligini ta’kidlamoqda
4 fevral 2021, 16:24

Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din qo‘mitasidan tahdid bo‘lganligini ta’kidlamoqda

Mubashshir Ahmad 3 fevral kuni Din ishlari qo‘mitasi xodimi tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytdi. Aytilishicha, suhbatda qo‘mita raisining o‘rinbosari Mubashshir Ahmadga aloqador bo‘lmagan, axborot resurslarida e’lon qilingan maqolalar yuzasidan haqoratli so‘zlar bilan tahdid qilgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Azon.uz tahririyatiga bosim o‘tkazmaganini aytmoqda
4 fevral 2021, 13:01

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Azon.uz tahririyatiga bosim o‘tkazmaganini aytmoqda

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati Azon.uz saytidagi maqolalarni o‘chirish bo‘yicha topshiriq berilmaganini ta’kidladi.

Azon.uz bosh muharriri tahririyat bosimga uchragani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi
4 fevral 2021, 11:06

Azon.uz bosh muharriri tahririyat bosimga uchragani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi

Azon.uz sayti bosh muharriri Abdulaziz Muborak Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Dilshod Eshnayev tomonidan tahririyatga bosim va tahdid bo‘lagani sabab ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgani haqida ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting